Kontent qismiga oʻtish

Jung Ryeo-won

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jung Ryeo-won
Tavalludi 21-yanvar 1981-yil (1981-01-21) (43 yosh)
Seul, Janubiy Koreya
Fuqaroligi Avstraliya[1][2][3]
Kasbi Aktrisa, qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 2000-hozirgacha
Imzosi

Jung Ryeo-won (1981-yil 21-yanvarda tugʻilgan) — Janubiy Koreyada tugʻilgan koreyalik, avstraliyalik aktrisa. U oʻzining sahnadagi faoliyatini hozirda tugatilgan Chakra qizlar guruhida qoʻshiqchi sifatida boshlagan va birinchi marta My name is Kim Sam-soon teleserialidagi roli orqali mashhurlikka erishgan. U, shuningdek ,Two Faces of My Girlfriend, Castaway on the Moon, va History of a Salaryman filmlaridagi rollari bilan tanilgan.

U Eeni, Eun va Hwangbo bilan birga Chakra K-pop qizlar guruhiga taklif qilingan va u bu taklifga rozi boʻlib guruh aʼzosiga aylangan. Ularning birinchi albomi 2000-yilda chiqarilgan[4][5].

Chakra 2004-yilda tarqab ketgan va Jung aktyorlik faoliyatini davom ettirgan[6]. Oʻsha yili 11-marta muvaffaqiyatsiz tinglovlardan oʻtib, u aktrisa boʻlish qaroriga shubha qila boshlaganini aytgan. 2005-yilda u Hello Franceska sitkomida eʼtirofga sazovor boʻlgan[7], keyin My name is Kim Sam-soon romantik komediyasidagi roli orqali muhlislar qalbidan joy olgan[8]. Serial katta muvaffaqiyatga erishgan[9]. Jung qahramonning sevgisi uchun kurashuvchi nozik va xushmuomala qiz obrazi uchun maqtovga sazovor boʻlgan[5] va oxir-oqibat mamlakatdagi sanoqli muvaffaqiyatli qoʻshiqchi-aktrisalardan biriga aylangan[10].

Jung 2015-yilda Bubble Gum serialida sabrsiz va beparvo radio produseri rolini ijro etgan. U va bosh yulduz Lee Dong-wook avvalroq 2003-yilda Do the Right Thing sitkomida birga rol ijro etishgan[11]. 2017-yilda u Witch at Court nomli dramada oʻz fikrini aytadigan va oʻzining tajovuzkor tergov taktikasi bilan mashhur boʻlgan prokuror rolini oʻynagan[12]. Oʻzining roli uchun u 2017-yilgi KBS Drama mukofotlarida „Top Excellence“ mukofotiga sazovor boʻlgan. 

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. „For Jung Ryeo-won, It's Time to Kick Back“. The Chosun Ilbo (4-dekabr 2005-yil). Qaraldi: 2013-yil 4-yanvar.
  5. 5,0 5,1 Cho. „Former K-pop star Jung Ryeo-won makes successful debut as actress“. The Korea Herald (22-iyul 2005-yil). 2017-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
  6. „정려원, MC 데뷔ㆍ시트콤 주연 '겹경사'“ (ko). Yonhap News (14-dekabr 2004-yil).
  7. „정려원 "작업녀로 오해하지 마세요."“ (ko). Star News (21-noyabr 2005-yil).
  8. „정려원 "'김삼순'은 내 연기인생의 전환점"“ (ko). Star News (27-may 2005-yil).
  9. My Lovely Samsoon Ends With 50 Pct Ratings“. The Korea Times via Hancinema (22-iyul 2005-yil). Qaraldi: 2013-yil 5-yanvar.
  10. „Singers-Turned-Actors: the Best and the Worst“. The Chosun Ilbo (2-dekabr 2006-yil). Qaraldi: 2013-yil 4-yanvar.
  11. Jin. „Acting pair to share the screen again“. Korea JoongAng Daily (23-iyul 2015-yil). Qaraldi: 2015-yil 23-iyul.
  12. „[Herald Interview Jung Ryeo-won on the joy of finding strong female character“]. Kpop Herald (14-dekabr 2017-yil).